AsosiyJamiyat

OKMK jahon moliya bozori tahlilichilarining yuqori bahosiga sazovor bo`ldi

'OKMK  jahon moliya bozori tahlilichilarining yuqori bahosiga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati dunyoda kuchlikka uchlikka kiruvchi etakchi reyting agentligi sanalgan S&P Global Ratings tomonidan kredit reytingida «V+» darajasi hamda «Barqaror» bashoratini oldi. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar berdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O`zbekistonda eng yirik soliq to`lovchi korxonalar ro`yxatida ikkinchi o`rinda turadi.

Mamlakatda olinadigan misning 90%i, kumush va oltinning 20%i kombinat hissasiga to`g`ri keladi.

Korxonada ishlab chiqarish hajmining oshirilishi tizimli bajarilayapti hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

Dunyoning etakchi eksperti tomonidan bildirilgan xalqaro e`tirof mamalakatimizda yirik kon-metallurgiya tarmog`ini raqobatbardoshligini oshirishda keng qamrovli o`zgarishlar amalga oshirilayotganligining, ularni investisiyaviy jozibadorligini oshirishning, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etilishi natijasidir.

 

 

    Boshqa yangiliklar