Namanganning ayrim hududlarida aholiga ichish uchun 3 kunlik suv zaxiralarini to`ldirish tavsiya qilinadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi Axborot xizmati.
Tadbirlar rejasiga asosan, 2021 yil 22 iyun soat 8:00 dan 23 iyun soat 8:00 gacha Qizil-Rovot, Jiydakapa va Kurashxona suv inshootlari orqali suv tarmoqlarini yuqori dozali xlor bilan yuvish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Namangan shahri, Davlatobod, Uychi, Chortoq tumanlari, shuningdek, Namangan tumanining shahar bilan chegaradosh hududlaridagi iste`molchilarga uch sutkalik ichimlik suvi (faqat iste`mol uchun) zaxirasini yaratib qo`yishlari lozimligi ma`lum qilinadi.






