G`ijduvon tumanining “Sarmijon” muntazam YPX maskanida veterinariya-sanitariya qoidalari yuzasidan tezkor profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar bermoqda.
Tadbir davomida Buxoro-Toshkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan 1974 yilda tug`ilgan G`ijduvon tumanida yashovchi fuqaro S.M. boshqaruvidagi avtomashinada hech kanday hujjatlarsiz 252 kg. yirik shoxli chorva mol go`shti, shuningdek, xuddi shu yo`nalishda borayotgan 1981 yilda tug`ilgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi yana bir fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi avtomashinada ham hech qanday hujjatlarsiz 800 kg. baliq maxsuloti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ushbu oziq-ovqat maxsulotlarining iste`molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida yo`llanma orqali G`ijduvon tumani Veterinariya laboratoriyasiga yuborilib, tegishli choralar ko`rilishi ta`minlandi.