AsosiyJamiyat

O`zgidromet bugungi ob-havo bashoratini e`lon qildi

'O`zgidromet bugungi ob-havo bashoratini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zi joylarda esa changli bo`ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 29-34° atrofida bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zi joylarda esa changli bo`ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

Boshqa yangiliklar