Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq murabbiyi Kim Jin Yong o‘z millatdoshi tomonidan o‘ldirib ketilgani xabar qilingan edi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2021 yil 15 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda 44 yoshli Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi K. D. mast holatda, Chilonzor tumani Do`mbrobod 4-tor ko`chasida joylashgan uylarning birida 40 yoshli yurtdoshi K.J., bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o`tkir tig`li jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat etkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RShTYoIMga olib borilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan K. D.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
16 iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Shu kuni D.K.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan ayblov e`lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






