Surxondaryoda kollej talabasi kursdoshini og`ir shikastladi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Sho`rchi tumanida 2021 yil 24 may kuni soat 09.30 larda, tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, tumandagi tibbiyot kollejining 1-bosqich talabasi, E.Xusan shu tibbiyot kollejning “Analitik kimyo laborotoriya” xonasida Qumqo`rg`on tumanida yashovchi, shu kollejning 1-bosqich talabasi, E.Sardor bilan o`zaro janjallashib qoladi.
Janjal oqibatida, E.Sardor qo`lidagi pichoq bilan E.Xusanning chap biqin qorin bo`shlig`i va o`ng tomon ko`krak qafasiga bir marotabadan urib, “hayot uchun havfli bo`lgan og`ir” tan jarohati etkazgan. 24 may kuni E.Sardorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






