Fuqarolarni Chirchiq davlat pedagogika instituti yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan o`qituvchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq davlat pedagogika instituti o`qituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.larni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






