“Ko`p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 iyulgacha respublikadagi:
● 1 227 ta ko`p kvartirali uy-joy;
● 30 ta maktab;
● 64 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlari;
● 9 ta OTM va kollej;
● 90 ta avtoturargoh;
● 173 ta bolalar maydonchalari joylashgan hududlar (jami 16 281 878 kv. m maydon) ochiq tanlov o`tkazish yo`li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi.
️ Barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov o`tkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.
Qarorga ko`ra, 2022–2025 yillarda:
➖ 6 085 ta ko`p kvartirali uy-joylar mukammal va joriy ta`mirlanadi;
➖ 1 800 ta bolalar maydonchasi quriladi va ta`mirlanadi;
➖ ko`p kvartirali uy-joylarga tutash 1 102 ming kv. m maydondagi yo`laklar betonlanadi;
➖ 14 387 ta tashqi yoritish tizimi ta`mirlanadi.
Shuningdek, ekspluatasiya muddatini o`tab bo`lgan va ma`nan eskirgan jami 268 ta ko`p kvartirali uy-joylar renovasiya qilinadi. Shundan 2021 yilda 211 ta uylar buzib qayta tiklanadi hamda 57 tasi rekonstruksiya qilinadi.
️2021 yil 1 iyuldan har bir ko`p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to`lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.
Qarorga ko`ra, mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko`p kvartirali uy-joylarga tutash er uchastkalari chegaralari va o`lchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to`lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat etiladi.
Boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko`p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to`siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o`tkazadi.






