AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yuk mashinasiga urilgan "Nexia" yonib ketdi. Haydovchi halok bo`ldi

'Surxondaryoda  yuk mashinasiga urilgan "Nexia" yonib ketdi. Haydovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 20 iyun kuni «Nexia-3» yuk mashinasi bilan to`qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat yo`l-patrul xizmati axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 20 iyun kuni taxminan soat 04:30 larda Muzrabot tumani Sopollitepa mahallasi hududidan o`tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 4K-626 avtomobil yo`lining 30-kilometrida 23 yoshli B.R. boshqaruvida bo`lgan «Nexia-3» avtomashinasi Navbahor–Qo`ng`irot yo`nalishi bo`ylab xarakatlanib, o`ziga qarama-qarshi yo`nalishdan borayotgan O`.D. boshqaruvida bo`lgan «CHACMAN» rusumli yuk mashinasining yo`liga chiqib ketishi oqibatida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida «Nexia-3» avtomashinasida yong`in chiqib, haydovchisi voqea joyida halok bo`lgan.

Boshqa yangiliklar