AsosiyJamiyat

Samarqandda internet sayt muxbiri kaltaklangani yuzasidan maxsus bayonot beriladi — Jurnalistlar ijodiy uyushmasi

'Samarqandda internet sayt muxbiri kaltaklangani yuzasidan maxsus bayonot beriladi — Jurnalistlar ijodiy uyushmasi'ning rasmi

Kuni kecha Taftish.uz axborot agentligining Samarqand viloyati hududiy bo`limi muxbiri kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. 

Bosh prokuratura xabariga ko`ra,  mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish ustidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.

Ayni paytda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi holatga munosabat bildirdi. 

"O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyati bo`limi tomonidan ushbu holat yuzasidan maxsus bayonot berilishi ma`lum qilinadi", - deyiladi uyushma xabarida. 

    Boshqa yangiliklar