AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda yana 400 kishida infeksiya aniqlandi, ikki bemor vafot etdi

'Koronavirus: O`zbekistonda yana 400 kishida infeksiya aniqlandi, ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

Kecha barcha hududlarda qariyb 400 nafar fuqaroda kasallanish qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Qayd etilishicha, 2021 yil 21 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106847 (+395) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-13 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-12 nafari Andijon viloyatida,

-18 nafari Buxoro viloyatida,

-15 nafari Jizzax viloyatida,

-9 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-5 nafari Navoiy viloyatida,

-16 nafari Namangan viloyatida,

-34 nafari Samarqand viloyatida,

-8 nafari Sirdaryo viloyatida,

-35 nafari Surxondaryo viloyatida,

-27 nafari Farg`ona viloyatida,

-19 nafari Xorazm viloyatida,

-28 nafari Toshkent viloyatida,

-156 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kasallikdan sog`ayganlar jami 102546 (+383) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 720 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar