AsosiyJamiyat

FHDYoda ko`rsatilgan xizmatlar uchun qancha pul undirilishi kerak? Mutaxassis bunga aniqlik kiritdi

'FHDYoda ko`rsatilgan xizmatlar uchun qancha pul undirilishi kerak?  Mutaxassis bunga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ushbu savolga Yangiyo`l shahar FHDYo bo`limi mudirasi Gulnoza PARDAEVA  aniqlik kiritdi.

Tug`ilganlikni qayd etish bepul amalga oshiriladi. Buni istalgan FHDYoda amalga oshirish mumkin. Bir vaqtning o`zida propiska va bog`chaga navbatga qo`yish amalga oshiriladi. 

Nikohga ariza berish bepul. U eksterritorial tarzda amalga oshiriladi. Ariza berilgach nikohni qayd etish uchun 1 oy muddat belgilangan. Davlat boji 49 000 so`m, gerb yig`imi 36 750. Jami: 86 750 so`m. Nikohni qayd etishni tantanali o`tkazish 122 500. Pullik xizmat va 86 750 so`m. Jami: 208 250 so`m. Sayyor ravishda nikohni qayd etish, ya`ni joyiga chiqib pullik xizmat 367 500+86 750. Umumiy: 453 250 so`m.

Nikohdan ajrashish FHDYo bo`limida er-xotinning o`zaro roziligi bilan, voyaga etmagan umumiy farzandlari va mol-mulkka da`vosi bo`lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Er-xotin birgalikda ariza yozishadi va 3 oy muddat belgilanadi. Bu muddat 6 oygacha uzaytirilishi mumkin. Ajrim muddati kelganda er-xotin pasportlari bilan kelishlari shart (birgalikda). To`lov: ariza topshirilganda to`lanmaydi. Ajrim vaqtida umumiy to`lov — davlat boji 367 500. Gerb yig`imi har bir fuqarodan alohida 36 750 so`mdan va jami 441 000 so`m undiriladi. Sud qaroriga asosan ajrimda davlat bojini sud belgilaydi va FHDYo bo`limida ijro qilinayotgan vaqtning o`zida to`lanadi. Davlat boji sud qarorida ko`rsatiladi. Unga qo`shimcha gerb yig`ish 36 750 so`m undirali. Er yoki xotin davlat bojidan ozod qilingan bo`lsa faqat gerb yig`imining o`zi undiriladi (berilayotgan gerbli guvohnoma uchun).

O`limni qayd etish FHDYo bo`limida eksterritorial amalga oshiriladi. O`lgan fuqaroning pasporti hamda tibbiyot muassasasining ma`lumotnomasiga asosan to`lov undiriladi.

Tug`ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar fuqaroning o`ziga yoki ota-onasiga va ishonchnomaga asosan ishonchli vakiliga beriladi. To`lov: davlat boji 36 750, gerb yig`imi 36 750, umumiy 73 500 to`lanadi. O`lgan odamga takroriy guvohnoma berilmaydi. 

Nikoh, tug`ilganlik va nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomalar fuqaroning o`ziga yoki ishonchnomaga asosan ishonchli vakilga beriladi. To`lov: 36 750. Gerb yig`imi va 36 750 davlat boji 73 500. Ajrashgandan so`ng nikoh guvohomasi takroriy berilmaydi. 

O`lganlik haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo`rlariga ishonchnomaga asosan ishonchli vakilga beriladi. To`lov: Davlat boji undirilmadi. Faqat gerb yig`imi 36 750 so`m to`lanadi.

  • FHDYo bo`limi tomonidan beriladigan so`rovnomalarga javoblar hamda ma`lumotnomalarga to`lov undirilmaydi.
  • FHDYo bo`limida arizalarni to`ldirishda yordam berishda 12 500 so`m pullik xizmat to`lovi bor.

 

 

    Boshqa yangiliklar