AsosiyJamiyat

Bugundan “Toshkent-Qarshi” poezdi Shahrisabzgacha qatnovini amalga oshiradi

'Bugundan  “Toshkent-Qarshi” poezdi Shahrisabzgacha  qatnovini amalga oshiradi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 22 iyundan boshlab, hozirgi kungacha “Toshkent-Qarshi” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan 4/3-sonli “Nasaf” tezyurar elektropoezdi “Shahrisabz” temir yo`l vokzaligacha qatnovini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  xabar bermoqda. 

Bu sayyohlarga Qamashi tumanidagi “Langar-Ota” ziyoratgohiga borish uchun ham qulaylik yaratadi. Chunki ushbu poezd Qamashi stansiyasida ham to`xtab o`tadi. 

4-sonli poezd bugun Toshkent Markaziy temir yo`l vokzalidan o`zining amaldagi jadvaliga asosan, “Qarshi”temir yo`l vokzalidan esa soat 14:27 dan boshlab “Shahrisabz” shahrisabz yo`nalishiga, shuningdek, bugun soat 17:04 dan boshlab esa 3-sonli “Nasaf” elektropoezdi “Shahrisabz-Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.

Shu sababli 6318-sonli “Qarshi-Shahrisabz” shaharlararo elektropoezdining harakat jadvaliga ham biroz o`zgartirish kiritiladi. Unga ko`ra ushbu poezd bugundan Qarshi temir yo`l vokzalidan soat 17:29 da qatnovini amalga oshiradi. 

Ma`lumot o`rnida:

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar