AsosiyJamiyat

Axborot xizmatlari faoliyatida ochiqlik, xolislik va tezkorlikni ta`minlash masalalari o`rganildi

'Axborot xizmatlari faoliyatida ochiqlik, xolislik va tezkorlikni ta`minlash masalalari o`rganildi'ning rasmi

Bugun, 22 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashabbusi bilan matbuot kotiblari respublikada faoliyati yuqori baholangan axborot xizmatlarining ish jarayoni bilan joyiga chiqib tanishishmoqda. Tadbirda "Darakchi" gazetasi bosh muharriri Barno Madalieva ham ishtirok etmoqda.

Dastlab, vazirlik va idoralar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblari Davlat xizmatlari agentligi va "Hududgazta`minot" aksiyadorlik jamiyatida bo`lishdi.

Uchrashuvda OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlarni tashkil etish, sohaga oid axborotlarni tayyorlash va tarqatish, tashkilot imijini yaratishda e`tibor qaratiladigan jihatlar, krizis vaziyatlarda ishlarni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimligining matbuot kotibi Aynura O`razova o`zining mulohazalari bilan o`rotoqlashdi:

— Bir narsaga amin bo`ldimki, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborotlar bilan ishlash, hamkorlik qilish so`ngi 2 yilda tubdan o`zgardi. Vazirliklarning matbuot kotiblari va jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining faoliyatlari bilan tanishdik. Demak natijalar yuqori tizimda tashkil qilingan ishlar xalq bilan tillashib aholi murojaatlarini o`z vaqtida echishga matbuot kotiblarining roli sezilarli o`zgarganligining guvohi bo`ldik. Alohida ta`kidlaymanki, matbuot kotiblariga shtat ajratish bazasini mustahkamlash vazirliklarning e`tiboridagi masala bo`lib, bu vazifa ham amalga oshirilgan.

Shuningdek, matbuot kotiblari Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar