AsosiyJamiyat

Surxondaryoda tez tibbiy yordam avtomobiliga yo`l bermagan ikki nafar YPX xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi

'Surxondaryoda tez tibbiy yordam avtomobiliga yo`l bermagan ikki nafar YPX xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "GAI xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmasligi - jinoyat" sarlavhasi ostida video tarqalgan va holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotgani aytilgan edi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 15-17 iyun kunlari Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Hokimligi va O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o`tkazilgan “Yoshlar festivali” munosabati bilan,  Termiz shahrining ayrim ko`chalari jumladan “Navbahor” ko`chasida ham transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilgan. Bu haqida OAV orqali e`lon qilingan. Xizmatga jalb etilgan ikki nafar YPX inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan harakatlanib borgan Tez yordam avtomashinasining to`siqsiz harakatini bir muddat cheklagani va bu ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning noroziliklarni keltirib chiqargan.

Ayni paytda Surxondaryo viloyati IIB  Axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IBB YHXBning 2021 yil 21 iyun kunidagi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, inspektorlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, boshqarma ixtiyoriga qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar