Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida "Hokim stipendiyasi" uchun bir yil davomida sarflanadigan 63 mln. 950 ming so`m mablag`ini ajratish masalasi kun tartibiga qo`yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlangan.
Unga ko`ra, viloyatdagi umumta`lim maktablari professional va oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli hamda ijodkor yoshlarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, munosib taqdirlash maqsadida "Hokim stipendiyasi"ning Nizomi ishlab chiqilgan.
Tanlov bir yilda bir marotaba o`tkazilib, g`oliblar 3 toifada (umumta`lim maktablari, professional va oliy ta`lim muassasalari) yoshlari orasidan 3 ta o`rinda aniqlanadi. Xususan, 1-o`rin uchun eng kam oylik ish haqining 3 barobari, 2-o`rin uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari, 3-o`rin uchun eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdoridagi stipendiya 1 yil davomida to`lab beriladi.
Bundan tashqari, sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to`g`risida”gi qarori ijrosi, viloyatning 16 ta shahar va tumanlarida kommunal sohani yaxshilash, obodonlashtirish, ko`p qavatli uylarning tomlarini ta`mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari kabi ko`plab masalalar ham ko`rib chiqilgan.