AsosiyJamiyat

Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilindi

'Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilindi'ning rasmi

Ertaga, 23 iyun kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

"Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qodirya- Oqqovoq bekatlari oralig`ining 21 - kilometridan 22 - kilometrigacha bo`lgan temir yo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

Shu sababli 23 iyun kuni soat 07:10 dagi “Toshkent – Xojikent” va 10:10 dagi “Xojikent–Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi bekor qilinadi.

Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan  “Toshkent –Xojikent – Toshkent” yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.  

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar