Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, Agentlik tomonidan o`tkazilgan o`rganish natijalariga ko`ra, Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatarlar aniqlandi. Shundan 96 tasi (86 foiz) yuqori, 14 tasi (13 foiz) o`rta va 1 tasi past darajadagi korrupsion xatarlardir.
Bu kabi holatlar qurilish sohasida davlat buyurtmasini tanlov asosida joylashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, erlarni tanlash, ajratish va xususiylashtirish, investisiya loyihalarini muvofiqlashtirish va majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish, davlat mulkini xususiylashtirish, eksport dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kadrlar zahirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va ishga joylashtirishda kuzatilmoqda.






