O`zbekistondan Rossiyaga parvozlar soni haftada 14 tagacha ko`paytirilishi mumkin. Ushbu taklif bosh vazir A.Aripov tomonidan O`zbekiston va RF hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo`shma komissiyaning ikkinchi yig`ilishida bildirilgan.
Aripov shuningdek, mamlakatlar o`rtasida eng talab yuqori bo`lgan yo`nalishlar bo`yicha yo`lovchi temir yo`l aloqasini bosqichma-bosqich tiklashni boshlash maqsadga muvofiqligini ta`kidladi.
Eslatib o`tamiz, 10 iyundan boshlab Toshkent va Moskva o`rtasida qo`shimcha muntazam reyslar yo`lga qo`yilgan edi. Rossiyaning "Aeroflot" samolyotlari endi poytaxtlar o`rtasida har payshanba va yakshanba kunlari, "UzAirways" esa seshanba va shanba kunlari uchmoqda.






