Joriy yil 16 iyun kuni Yangiqo`rg`on tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori A.Xojiev tomonidan, tumanda yashovchi, 1970 yilda tug`ilgan fuqaro yashash xonadonida 50.000 so`m pul evaziga, shu tumanda yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan yigit va Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan qizga o`zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






