Davlat statistika qo`mitasi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning yanvar-may oylarida O`zbekiston eng ko`p gilos eksport qilgan davlatlar:
- Qozog`iston – 13,8 ming tonna
- Rossiya – 8,6 ming tonna
- Qirg`iz R. – 4,7 ming tonna
- Ukraina – 212,3 tonna
- Belarus – 142,2 tonna
- Polsha – 67,0 tonna
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.






