Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziriligi xabar bermoqda.
Karimov Komiljon Hamidovich Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ishlagan.
Hakimov Rahim Rasuljonovich Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining fan va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlagan.






