Joriy yilning iyul oyidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Samarqand – Istanbul – Samarqand yo`nalishida haftasiga uch marttagacha muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Aviaqatnovlar dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
⠀Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilar Samarqand – Istanbul yo`nalishida aviachiptalarni 2 935 000 so`mdan sotib olishlari mumkin. Samarqand – Istanbul – Samarqand yo`nalishida aviachipta narxi 4 282 000 so`mdan boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Urganch–Istanbul–Urganch muntazam qatnovi qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.






