AsosiyJamiyat

O`zbekistonda nega koronavirus bilan kasallanish ko`payib ketmoqda?

'O`zbekistonda nega koronavirus bilan kasallanish ko`payib ketmoqda?'ning rasmi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva O`zbekistonda nima sababdan koronavirus bilan kasallanish holatdari ko`payib ketayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Ma`lum bo`lishicha, kasallikning O`zbekistonda ko`payib ketayotganiga aholi tibbiy niqoblardan foydalanmay qo`ygani hamda havoning quruqligi asos qilib keltirilgan.

«Aholi orasida niqoblar taqilmay qo`yilgani — bu infeksiyaning odamdan odamga yuqishi uchun juda qulay sharoit, ya`ni hozir kunlar issiq, havo quruq — virusning havoda harakatlanishiga to`sqinlik yo`q va u bemalol insonlarning yuz va qo`l terisiga yoki ko`z shilliq qavatiga, burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavvatiga yoki tomoqqa tushadi hamda hujayra ichiga kirib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi», — deydi Sevara Ubaydullaeva.

Shuningdek, bunday hollarga aholi orasida to`y-hashamlar, har xil ko`ngilochar tadbirlar ko`paytirib yuborilgani sabab bo`lgani aytilgan.

«Ijtimoiy masofani saqlamay qo`ydik. Ya`ni juda ko`p to`y-hashamlar, tug`ilgan kunlar va odamlar to`planishi mumkin bo`lgan ko`ngilochar tadbirlarni ko`paytirib yubormoqdamiz», — dedi shtab a`zosi.

Boshqa yangiliklar