AsosiyJamiyat

O`zbekiston Milliy statistika tizimi xalqaro darajada tan olinishi uchun baza bor (foto)

'O`zbekiston Milliy statistika tizimi xalqaro darajada tan olinishi uchun baza bor (foto)'ning rasmi

Ayni vaqtda Buxoroda bo`lib o`tayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi haqida xabar bergan edik. Forum kun tartibidan o`rin olgan to`rtinchi sessiyasida Milliy BRM bo`yicha asosiy statistik ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash, O`zbekiston aholisini ro`yxatga olish, statistik ma`lumotlarni yig`ishda xalqaro tajriba, shuningdek, BRMni amalga oshirish uchun parlamentlararo hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bugungi kunda statistika ma`lumotlari sifatini yanada yaxshilash, statistika ko`rsatkichlarining to`laqonli ma`lumot bazalarini yaratish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ehtiyoji mavjud. Bu esa milliy statistika tizimini takomillashtirish, statistika ma`lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirishni talab etadi.

Ishtirokchilar tomonidan “Rasmiy statistika to`g`risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilganligi rasmiy statistikaning xalqaro darajada tan olinishiga institutsional baza yaratishi qayd etildi.

Shu jumladan, statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, xususan rasmiy statistika hisobotlarini yig`ish va kuzatuvlarni o`tkazish hamda ularning natijalarini nashr va e`lon qilish jarayonlariga hech kim aralashmasligi, shuningdek, hududiy davlat statistika organlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo`lishi kabi normalarning qonunga kiritilayotganligi yuksak baholandi.

Milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga solinishi, shu jumladan rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilarning ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va tarqatish faoliyatlarida xalqaro tamoyillarga tayanishi sifatli rasmiy statistikani etkazib berishga xizmat qilishi e`tirof etildi.

Forum davom etmoqda

Boshqa yangiliklar