AsosiyJamiyat

Mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadi

'Mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadi'ning rasmi

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga“E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan:

 barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi;

 ushbu elektron tizimni chetlab o`tgan holda qaror va farmoyishlarni qabul qilishga yo`l qo`yilmaydi;

 qarorlarning tartibga solish ta`sirini baholash elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

 Qaror bilan mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan nizom tasdiqlandi.

 Nizomga ko`ra, loyiha “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboriladi.

 Manfaatdor tashkilotlar loyihani 3 kun muddatda ish yurituviga qabul qiladi hamda ko`rib chiqadi.

Loyihalar yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelishilgan hisoblanadi.

 Nizomga ko`ra, Adliya vazirligi:

  1.  hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinish jarayonlarining doimiy monitoringini olib boradi;
  2. monitoring natijalariga ko`ra elektron tizim orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va mas`ul xodimlariga nisbatan ta`sir choralarini qo`llaydi.

    Boshqa yangiliklar