AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida shifokorlarni majburan ko`cha tozalashga chiqargan poliklinika rahbari jarimaga tortildi

'Toshkent viloyatida shifokorlarni majburan ko`cha tozalashga chiqargan poliklinika rahbari jarimaga tortildi'ning rasmi

O`rta Chirchiqda shifokorlarni majburan ko`cha tozalashga chiqargan 55-poliklinika rahbari jarima to`laydigan bo`ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shifokorlarni qadriga etmagan yurt!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo`yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazilgani aytilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 15-iyun kuni Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi 55-sonli oilaviy poliklinikasi rahbari tomonidan 7 nafar xodimni poliklinika hududini tozalash ishlariga majburan jalb etgan.

Shu sababli, poliklinika rahbariga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma`muriy jarima qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar