AsosiyJamiyat

"Chorsu" bozorida sifatsiz go`sht sotilayotgani aniqlandi

'"Chorsu" bozorida sifatsiz go`sht sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Shayxontohur tumanida sifatsiz go`sht mahsulotlari savdoga chiqarilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan tuman Veterinariya bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi “Eski juva” dehqon bozorida o`tkazilgan tekshiruvda, fuqaro J.T. tegishli hujjatlari bo`lmagan sifatsiz go`sht mahsulotlarini sotish bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 72,5 kg mol go`shti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar