AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 38 daraja issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda 38 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 33-35° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar