AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xususiy mulkka daxl qilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish taklif etilmoqda

'O`zbekistonda xususiy mulkka daxl qilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish taklif etilmoqda'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 23 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusida “Ochiq muloqot”  bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 iyun kuni bo`lib o`tgan navbatdagi Qurultoyi yakunlari, ushbu Qurultoyda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va ularning echimlari bo`yicha boshlangan ishlar,  kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

                Ma`lumot uchun: joriy yil 16 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining navbatdagi Qurultoyi bo`lib o`tdi. 

Qurultoyda Respublikaning barcha hududlaridan saylangan 297 nafar delegatlar, manfaatdor vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etdilar.

Qurultoyda so`zga chiqqan tadbirkorlar tomonidan bir qator takliflar bildirildi va ushbu takliflar o`rnatilgan tartibda Prezident Administrasiyasiga kiritildi.

O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o`tkazilgan “Tashabbus-2021” ko`rik tanlovi yakunlari, tadbirkorlik sub`ektlarini rag`batlantirishning qo`shimcha imkoniyatlari bo`yicha ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javoblar berildi.

Ma`lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 14-15 iyun kunlari “Yoshlar ijod saroyida” ko`rik-tanlovning yakuniy – respublika bosqichi o`tkazildi.Ko`rik-tanlov ishtirokchilari 16 ta qo`shimcha nominasiyalar hamda 5 ta asosiy yo`nalishlar bo`yicha jami 34 nafar ishtirokchiga maxsus diplom va qimmatbaho sovg`alari sifatida “Chevrolet-Nexia-3” avtomobillari (2019 yilda “Chevrolet-Spark” avtomobillari berilgan) topshirildi.

Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirsh borasida to`siq bo`layotgan muammoalar ham ko`tarilib, ularni echish bo`yicha fikr mulohazalar bildirildi.

Jumladan; 

  1. Bozor iqtisodiyotining asosi – bu xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Jumladan, xususiy mulk dahlsizligi jamiyatda eng oliy qadriyatga aylanmas ekan, islohotlar kutilgan natijani bermaydi. Birgina misol, 2020 yilda tadbirkorlarga qarashli ko`chmas mulk ob`ekti buzilish holatlari 13 baravarga kamayib, 96 tani tashkil etgan. Lekin, buning bittasi ham ko`p. Shuning uchun, xususiy mulkka dahl qilingan har bitta holat bo`yicha Savdo-sanoat palatasi Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda ta`sirchan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytiradi.

Shu bilan birga, xususiy mulkka daxl qilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga asossiz zarar etishining oldini olishga qaratilgan huquqiy kafolatlarni (aybsizlik prezumpsiyasi) mustahkamlash to`g`risida qonun loyihasini ishlab chiqish bo`yicha Palata tomonidan taklif kiritildi. 

  1. Tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonunchilikning beqarorligi xususiy biznes vakillari uchun noqulaylik tug`dirayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bundan buyon, qabul qilingan qonun hujjatlari tadbirkorlik sub`ektlari uchun investisiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, ular investisiya qilish sanasida amalda bo`lgan qonun hujjatlarini o`n yil mobaynida qo`llash huquqiga ega bo`lishi yuzasidan qonunchilikka alohida norma kiritilmoqda.
  2. Dunyoda kuzatilayotgan globallashuv va iqtisodiyotda kuzatilayotgan shiddatli taraqqiyot milliy mahsulotlarni brendlashtirish ishlarini jadallashtirishni talab etmoqda. 

       Mahalliy ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori qiymatli qo`shilgan qiymat zanjirini yaratishning yo`llaridan biri brend mahsulotlar yaratishdir. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar judayam ko`p. 

       Shundan kelib chiqib, Palata endilikda zamonaviy mahalliy tadbirkorlarga o`z brendini yaratish va tashqi bozorlarga chiqishiga ko`maklashish borasidagi  faoliyatini tubdan o`zgartirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar