Joriy yilning 3 avgustidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, payshanba va yakshanba kunlari bajariladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






