AsosiyJamiyat

"Bolalar va o`smirlar". JSST koronavirusga qarshi emlash bo`yicha ko`rsatmalarini o`zgartirdi

'"Bolalar va o`smirlar". JSST koronavirusga qarshi emlash bo`yicha ko`rsatmalarini o`zgartirdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi emlash bo`yicha ko`rsatmalarini bolalar va o`spirinlar to`g`risidagi bandni qo`shib yangiladi. Yangilangan versiya JSST rasmiy veb-saytida joylashtirilgan, deya yozmoqda TASS.

"Bolalar va o`spirinlarda, qoida tariqasida, kasallik kattalarnikiga qaraganda engilroq bo`ladi, shuning uchun agar ular koronavirusning og`ir kechish xavfi yuqori bo`lgan guruhga kirmasa, ular keksa odamlar, boshqa yoshdagi odamlar singari zudlik bilan emlanmaydi", deyiladi hujjatda. Shu bilan birga, yoshroq guruhlar o`rtasida emlash bo`yicha umumiy tavsiyalar berish uchun bolalar orasida turli koronavirus vaksinalarini qo`llash bo`yicha ko`proq ma`lumotlarga ehtiyoj borligini ta`kidlaydi.

Tavsiya shuningdek, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining strategik maslahat guruhi  Pfizer va BioNTech  tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani 12 yosh va undan yuqori yoshdagi odamlar foydalanishi uchun yaroqli degan xulosaga kelganligini ta`kidlaydi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tadqiqotlarda yangi dalillar paydo bo`lganda yoki epidemiologik vaziyat siyosatni o`zgartirishni talab qilganda o`z tavsiyalarini yangilashi haqida xabar bermoqda.

Moskva shahar hokimining ijtimoiy rivojlanish bo`yicha o`rinbosari Anastasiya Rakova 12-17 yoshli bolalar o`rtasida "Sputnik V" vaksinasining klinik sinovlari iyul oyining boshida Moskvada boshlanishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar