AsosiyJamiyat

Maqsadli qabul parametrlarining taqsimoti va tillar kesimidagi davlat buyurtmasi parametrlari 5 kun muddatda tasdiqlanadi

'Maqsadli qabul parametrlarining taqsimoti va tillar kesimidagi davlat buyurtmasi parametrlari 5 kun muddatda tasdiqlanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:

Davlat komissiyasi tomonidan besh kun muddatda 2021-2022-o`quv yili uchun:

  • Sog`liqni saqlash vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog`liqni saqlash, xalq ta`limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma`lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo`lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti;
  • Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, tizimida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida 2021-2022-o`quv yilida davlat buyurtmasi parametrlarini ta`lim tillariga qarab taqsimoti;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi takliflari asosida 2021-2022-o`quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarining kadrlar buyurtmachilari hamda ta`lim yo`nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar