O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:
2021-2022-o`quv yili qabulidan boshlab qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o`qishga kirish bo`yicha imtiyozga ega bo`lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo`shimcha davlat granti asosida o`qishga qabul qilinadi.
Hozirga qadar:
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
- “Nihol” mukofoti sohiblari;
- “Mard o`g`lon” davlat mukofoti sohiblari;
- “Tarbiyachi” ko`rik-tanlovi g`oliblari;
- “Hamshira” respublika tanlovi g`oliblari;
- O`zbekiston yoshlar ittifoqining faol a`zolari;
- Xalqaro olimpiadalar g`oliblari imtihonlarsiz umumiy qabul parametrlari doirasida davlat granti asosida o`qishga qabul qilinar edi.






