Toshkent shahridagi ayrim ko`chalar «Gran-Pri Toshkent–2021» xalqaro karting musobaqasi o`tkazilishi munosabati bilan 1 kunga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 26 iyundan 27 iyunga qadar soat 17:00 dan 18:00 gacha quyidagi ko`chalarda harakatlanish cheklanadi:

Shahrisabz ko`chasining Afrosiyob ko`chasidan Amir Temur shox ko`chasigacha bo`lgan qismi;
Amir Temur shox ko`chasining Islom Karimov shox ko`chasidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismi;
Yakub Kolas ko`chasining Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur shox ko`chasigacha bo`lgan qismi;
Tarasa Shevchenko ko`chasining Islom Karimov shox ko`chasidan Shahrisabz ko`chasigacha bo`lgan qismi.