1

Barqaror rivojlanish sari jahon parlamentlari o`rtasida xalqaro muloqot va global hamkorlik yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 24.06.2021, 16:17
Barqaror rivojlanish sari jahon parlamentlari o`rtasida xalqaro muloqot va global hamkorlik yo`lga qo`yiladi

  2021 yil 24 iyun kuni Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik” Xalqaro forumi doirasida mavzuga doir sessiyalar o`tkazildi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri xabar bermoqda.

 Xususan, ishtirokchilar barqaror rivojlanish sari jahon parlamentlari o`rtasida xalqaro muloqotni va global hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasini ko`rib chiqdilar.

 Sessiyani O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi R. Alimov, EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi M. Lemuan olib bordi.

 Hamkorlik BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishishning muhim shartlaridan biri ekani ta`kidlandi. Jahon parlamentlari o`rtasida tizimli xalqaro muloqot va global hamkorlikni yo`lga qo`yish 2030 yilgi kun tartibi maqsadlarini amalga oshirishda eng katta samaraga erishishga imkon beradigan ustuvor va muhim yo`nalishlardan biri hisoblanadi. So`nggi 4 yil ichida tashqi siyosat va parlamentlararo aloqalarni kengaytirish bo`yicha O`zbekiston parlamentining faolligi sezilarli darajada o`sdi.

 2020 yilda parlament palatalari Kengashlarining qo`shma qarori bilan O`zbekiston Respublikasining Parlament diplomatiyasi konsepsiyasi qabul qilindi, uning maqsad va vazifalari Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi va BRM sohasida parlament xalqaro faoliyatini amalga oshirishning qator istiqbolli mexanizmlarini nazarda tutadi.

 2021 yil aprel oyida palatalar Kengashlarining “Parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Qo`shma qarori qabul qilindi, unda EXHT PA, MDH PA, PI va TurkPA bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi.

 O`zbekiston Oliy Majlisi chet davlatlar parlamentlari bilan ikki tomonlama formatda faol hamkorlik qilmoqda. Tomonlar xalqaro sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirmoqda va xalqaro parlamentlararo tashkilotlarda BRM bo`yicha nuqtai nazarlarni kelishib olmoqda, shuningdek qo`yilgan vazifalarni samarali amalga oshirish mexanizmlari bo`yicha tajriba almashmoqda.

 Sessiyada global muammolarni hal qilishda maksimal darajada ta`sir ko`rsatish va xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, 2030 yilgi kun tartibida xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1