AsosiyJamiyat

Navoiyda koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqariladigan zavod quriladi

'Navoiyda koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqariladigan zavod quriladi'ning rasmi

Navoiy viloyatida Xitoy tomonidan koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqariladigan zavod quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 23 iyun kuni Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Fanlar akademiyasi Sinszyan Fizika va kimyo texnika instituti vakillari bilan muzokaralar o`tkazgan. Uchrashuv davomida Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo`yicha fikr almashilgan.

Qayd etilishicha, ikki mamlakatning Fanlar akademiyalari o`rtasida Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish bo`yicha kelishuv imzolangan. Unga asosan, Xitoy tomoni 10 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi kelishilgan. Shuningdek,  zavod yo`lga qo`yilgach yiliga 36,3 million AQSh dollariga teng bo`lgan dori vositalari uchun tabiiy va kimyoviy moddalar, koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda korxonani tegishli idoralarda ro`yxatdan o`tkazish va erkin iqtisodiy hududga a`zolik masalalari bo`yicha hujjatlar ishlab chiqilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar