1

2 nafar abiturientni "yuqoridagilar" orqali pedagogika institutiga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan ayol 9 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

Jamiyat 24.06.2021, 18:40
2 nafar abiturientni "yuqoridagilar" orqali pedagogika institutiga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan ayol 9 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

2 nafar fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika institutiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ma`lum qilinishicha, Departament, DXX va IIBning Qibray tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. 2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Chirchiq davlat pedagogika institutiga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga har biri uchun 4 500 AQSh dollaridan hisoblab jami 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1