1

Toshkentda “Neksiya-2” olib qochildi. IIB uni topishda yordam so`radi

Jamiyat 24.06.2021, 19:35
Toshkentda “Neksiya-2” olib qochildi. IIB uni topishda yordam so`radi

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 23 iyun kuni soat 21.00 dan 24 iyun soat 07.30 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs “Neksiya-2” rusumli, davlat raqami 70 V 676 GA bo`lgan metall rangli avtomobilni olib qochgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB Axborot xizmati  ma`lum qildi.

Avtomobil egasi - 30 yoshli Muxriddin Yu. avtomobilini qarovsiz kaliti bilan Yunusobod tumani 14-kvartaldagi 36-son uyning yonida qoldirganini ma`lum qildi. 24 iyun kuni ertalab avtomobil qoldirilgan joyda yo`qligini ko`rib, ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Toshkent shahar IIB fuqarolardan uni topishda yordam so`raydi:

Hurmatli fuqarolar! Yuqoridagi avtomobilni ko`rib qolsangiz ichki ishlar organlariga quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so`raymiz: 71 235-00-02, 97 432-21-72, 98 313-41-63 yoki 102.

Maxfiylik kafolatlanadi. Ko`mak uchun oldindan tashakkur.

Barcha haydovchilarga murojaat qilamiz: avtomobilingizni kaliti bilan ochiq holda qoldirmang! Aks holda uning olib qochilishiga hissa qo`shgan bo`lasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1