1

Zangiotadagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 24.06.2021, 20:13
Zangiotadagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari Zangiota tumanida sodir bo`lgan yong`inni bartaraf etdi. Bu haqda FVV Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, bugun, 24 iyun kuni soat 16:45da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Eshonguzar” MFY “Sharq Yulduzi” ko`chasi 15-uyda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong`in-o`chirish ekipaji soat 16:51da etib borib, yong`in soat 17:06da o`rab olingan va soat 17:41da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida uyning taxminan 200 kv.m maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1