1

Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi poezdning ikki reysi bekor qilindi

Jamiyat 24.06.2021, 21:36
Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi poezdning ikki reysi bekor qilindi

Ertaga, 25 iyun kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ ma`lum qildi.

"Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli “OQQOVOQ” stansiyasining 1-asosiy temir yo`lida kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.  

Shu sababli, 2021 yil 25 iyun kuni  soat 07:10 da – Toshkent – Xojikent, 10:10 da – Xojikent – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi  bekor qilinadi.

Shu kuni soat  14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1