1

Bugun O`zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda

Jamiyat 25.06.2021, 07:37
Bugun O`zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 25 iyunda kunduz kuni O`zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, bunday holat qisqa muddatga salqin havo kirib kelishi hisobiga sodir bo`ladi. Respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-34° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqalidroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1