1

Kosonda xonadonda 1 796 832 so`m miqdorida qarzdorlik qaerdan kelib chiqqan?

Jamiyat 25.06.2021, 11:32
Kosonda xonadonda 1 796 832 so`m miqdorida qarzdorlik qaerdan kelib chiqqan?

Bugungi kunda gaz, elektr energiyasi va suv uchun asossiz qarzdorlik masalasi uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida dolzarbligicha qolmoqda.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy tuzilmasiga Koson tumanida yashovchi iste`molchining murojaat kelib tushgan.

Unda 1 796 832 so`m miqdoridagi asossiz qarzni qayta hisoblash masalasini hal qilishda yordam so`ragan. “Hududgaz ta`minoti” Koson tuman filialiga qilingan bir nechta murojaatlari ijobiy natija bermadi.
Gaz ta`minoti idorasining tuman filiali bilan o`tkazilgan o`rganishlar davomida hududiy tuzilma yangi dasturda o`tgan davr uchun hisob-kitob tizimiga noto`g`ri ma`lumot kiritilganligini aniqladi. Natijada iste`molchining hisob raqamidan asossiz qarzdorlik chiqarildi.
    Ma`lumot o`rnida. O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq sotuvchi (ijrochi) iste`molchini haq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko`rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1