1

Senatorlar tomonidan Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar chegarlarini o`zgartirish to`g`risidagi qaror ma`qullandi

Jamiyat 25.06.2021, 12:43
Senatorlar tomonidan Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar chegarlarini o`zgartirish to`g`risidagi qaror ma`qullandi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 25 iyun Oliy Majlisi Senatining o`n oltinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Ayni paytda senatorlar Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on, Ohangaron, Bekobod, Bo`stonliq, Bo`ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yangiyo`l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo`l, Bekobod shaharlari chegaralarini o`zgartirish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqishdi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi qator tuman va shaharlarda aholi uchun joylashgan ma`muriy va xizmat ko`rsatish sohalari binolari fuqarolar uchun noqulaylik tug`dirmoqda, ayrim hududlarda o`quvchilar boshqa hududga tegishli maktablarga qatnashga majbur holatda. Shu kabi qator sabablarni inobatga olib, senatorlar tomonidan Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on, Ohangaron, Bekobod, Bo`stonliq, Bo`ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yangiyo`l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo`l, Bekobod shaharlari chegaralarini o`zgartirish to`g`risidagi qaror ma`qullandi.

Mavzuga doir:

Oliy Majlis Senatida yangi qo`mita tashkil etildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1