1

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 21 mlrd so`m naqd pul qalbaki vedomostlar tuzish orqali o`zlashtirilgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 25.06.2021, 13:02
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 21 mlrd so`m naqd pul qalbaki vedomostlar tuzish orqali o`zlashtirilgani ma`lum bo`ldi

Hisob palatasining 2021 yildagi nazorat ishlari rejasiga muvofiq Oliy ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi hamda 2017-2020 yillarda ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanganligi yuzasidan o`rganish o`tkazilmoqda. Bu haqda Palata rasmiy saytida xabar berilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2017-2020 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinmoqda.

Shundan, hisobotlarda bugungi kunda ijro qilinganligi ko`rsatilgan 3 710  ta topshiriqlarni bajarilganligini haqqoniyligi, Oliy ta`lim tizimida olib borilgan islohotlarni natijadorligi baholanadi.

Dastlabki o`rganishlarda 4ta topshiriqni ijrosi ta`minlanmasdan qolayotganligi ma`lum bo`ldi va ushbu topshiriqlarni bajarilishi alohida nazoratga olindi.

Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar joyiga chiqib o`rganilganda, 2 ta Oliy ta`lim muassasida 22,5 mlrd so`m mablag`larni o`zlashtirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan ish haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 21,0 mlrd so`m naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuzish orqali o`zlashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1