AsosiyJamiyat

Oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborildi

'Oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborildi'ning rasmi

Senatning o`n oltinchi yalpi majlisida oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga ta`siri to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborish masalasi ko`rib chiqildi.

Oqova suv tozalash inshootlarining ishlashi joylarda o`rganilib, mamlakatimizning 5,6 mln (17 foiz) aholisi oqova suv xizmati bilan ta`minlanganligi, shuningdek, bugungi kunda hududlardagi jami 58 ta yirik oqova suv tozalash inshootlarining 49 tasi (84 foiz), 8,6 ming km oqova suv tarmoqlarining 1,9 ming km (22 foiz) qismi ta`mirtalab holatda ekanligi ta`kidlandi.

Ushbu inshootlar uch bosqichda: mexanik, biologik va kimyoviy tozalash funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan bo`lib, aksariyat inshootlarda faqat mexanik tozalash ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent shahrining Salar, Bo`zsuv, Bektemir hamda Surxondaryo viloyatining Termiz shahri oqova suv tozalash inshootlari bugungi kunda ta`mirtalab holatga kelib qolgani aniqlangan.

Shu bilan birga, mahalliy oqova suv tozalash inshootlari talabga javob bermasdan kanalizasiya tarmoqlariga oqovalarning me`yor darajasida tozalanmasdan tashlab yuborilayotganligi ma`lum bo`lgan.

Respublikamizning barcha viloyatlarida oqova suv tozalash inshootlari ta`mirtalab, malakali kadrlar etishmasligi va mavjud jihozlarning eskirganligi sababli to`liq foydalanilmasdan oqova suvlar zararsizlantirilmasdan inshootga yaqin bo`lgan daryolar va soylarga oqizib yuborilmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar