AsosiyJamiyat

Toshkentda MChJ binosi va unga tutash bo`lgan uyda yong`in sodir bo`ldi (video)

'Toshkentda MChJ binosi va unga tutash bo`lgan uyda yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 25 iyun kuni soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko`chasida joylashgan “Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo`lgan uyda yong`in sodir bo`ldi. 

Hodisa yuzasidan FVV Axborot xizmati rasmiy ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:27da yong`in joyiga etib borgan. Yong`in soat 14:48da o`rab olinib, soat 15:03da batamom o`chirildi.

Yong`indan “PEGAS BAR GRIL” MChJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo`lgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon  saqlab qolingan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar