Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada 22 yoshli O`zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib, halok bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 1998 yilda Camarqand viloyatida tug`ilgan A.Fayziev Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevoloj tumanidagi qurilish korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan.
Joriy yilning 17 iyun kuni ish vaqtida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli balandlikdan yiqilib tushgan va oradan 4 kun o`tib, 21 iyun kuni shifoxonada vafot etgan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida A.Fayzievning jasadini Vatanga qaytarish va kompensasiya pullari to`liq undirildi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi tomonidan marhumning jasadi bugun, 25 iyun kuni Sankt-Peterburg-Toshkent yo`nalishida Vatanga olib kelindi.
Bugungi kunda baxtsiz hodisa yuzasidan Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






