Dam olish kunlari yana issiq bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu yil “chilla” salqin ob-havodan boshlanadi. Qozog`iston bo`ylab sovuq atmosfera fronti o`tishi hisobiga hududimizda harorat biroz pasayadi. Kunning o`rtasiga kelib havo 32-35° gacha isiydi. Kun davomida tekislik hududlarda kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog`li hududlarida kechga tomon momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor.
Dam olish kunlari hududimizga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 16-21° ni, kunduz kunlari 35-38° ni, shimol va janubda ba`zi joylarda 40° gachani tashkil etadi. Bunday qiymatlar o`rtacha-iqlimiy me`yordan 2-4° ga ko`p bo`ladi. Respublikamiz bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg`ona viloyatining tog`li hududlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.
Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
27.04.2024, 21:09
"O`zgidromet" 29-30 aprel va 1 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s...12.07.2022, 19:52
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....08.07.2022, 11:54
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo...04.07.2022, 11:55
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...