O`zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o`rtasida imzolangan havo qatnovi to`g`risidagi Bitim asosida "O`zaviasiya" agentligi tomonidan Hindiston Respublikasining "Air India" aviakompaniyasiga 2021 yil 25 iyunda 11-K sonli Ekspluatasion ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "Air India" aviakompaniyasi O`zbekiston Respublikasiga Dehli – Toshkent – Dehli yo`nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida bajaradi.